Янгиликлар
News and press releases
ЕХҲТ фаолияти ҳақида янгиликлар ва пресс-релизлар
YXHT va BMT Markaziy Osiyodan mojaroli hududlardan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish strategiyalarini kuchaytirmoqda
Publishing date: 27 ноября 2024
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
27-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari, YXHT tuzilmalari, BMT tashkilotlari va fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat 40 dan ortiq mutaxassislar Toshkentda Qaytganlarni Reabilitatsiya va Reintegratsiya qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar kengashining (MEK) ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etdilar. MEK 2024-yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilib, mintaqaviy hamkorlik va mas’uliyat, psixosotsial yordam, terrorizm narrativlariga qarshi kurashish va fuqarolik jamiyatini jalb qilish orqali reabilitatsiya va reintegratsiya bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Mazkur yig‘ilishda fuqarolik jamiyati tomonidan boshqariladigan reabilitatsiya dasturlari va gender hamda yoshga nisbatan sezgir yondashuvlarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, huquqiy asoslar va salohiyatni oshirish zaruriyatlari ham tahlil qilindi. "Mojaroli hududlardan qaytganlarni jamiyatga qayta integratsiya qilish insonparvarlik vazifasi bo‘lib qolmay, balki barqaror mintaqaviy xavfsizlikning asosidir. YXHT bu jarayonlarda doimiy hamkorlikni davom ettiradi," dedi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori Antti Karttunen. 2024-yil mart holatiga ko‘ra, 2,100 dan ortiq fuqarolar reabilitatsiya dasturlari orqali o‘z oilalari va jamiyatlariga muvaffaqiyatli qayta qo‘shilgan. Ushbu tadbir O‘zbekistonning asosiy davlat idoralari, YXHT va BMT tuzilmalari hamkorligida tashkil etilib, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
YXHTning Oʻzbekistondagi Loyiha koordinatori "Yoshlar radikallashuvining radikallashuvining oldini olish: ommaviy axborot vositalarida yoritish" mavzusida seminar-trening oʻtkazmoqda
Publishing date: 4 октября 2024
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
What we do: Озодлик ва ОАВ нинг ривожланиши , Yoshlar
YXHTning Oʻzbekistondagi Loyiha koordinatori, YXHT Kotibiyatining Terrorizmga qarshi kurash boʻlimi bilan hamkorlikda, hamda Jurnalistlar qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda, 2024 yil 3-4 oktyabr kunlari Qarshi shahrida "Yoshlar radikallashuvining oldini olish: ommaviy axborot vositalarida yoritish" mavzusida seminar-trening oʻtkazmoqda. Tadbirda 24 nafar jurnalistlar, blogerlar va fuqarolik jamiyati faollari ishtirok etadi. Tadbirning diqqat markazida mediasavodxonlik, alternativ hikoya yaratish va yoshlar radikallashuviga qarshi kurashda samarali kontent yaratish masalalari boʻladi.
DIIHB O‘zbekistonda saylov kuzatuv missiyasini boshlaydi
Publishing date: 25 сентября 2024
Content type: Пресс-релиз
Where we are: OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights
What we do: Сайлов
Toshkent,25 Sentabr- YXHT ning Demokratik Institutlar va Inson Huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) bugun milliy hukumat taklifiga binoan 27 Oktabr kuni bo’lib o‘tadigan O‘zbekistondagi parlament saylovlarini kuzatish missiyasini boshladi.
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori O‘zbekiston “Mediasavodxonlik bo‘yicha prokuratura xodimlari salohiyatini oshirish” mavzusida trening oʻtkazdi
Publishing date: 4 октября 2023
Content type: News
Where we are: ЕХҲТнинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va “O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda prokuratura organlari xodimlarining mediasavodxonlik sohasidagi salohiyatini oshirishga qaratilgan treninglarning birinchisi o‘tkazildi.
Xalqaro kuzatuvchilarning fikriga koʻra, O‘zbekistondagi prezident saylovlarida islohotlarga qaratilgan ba’zi sa’y-harakatlarga qaramay, haqiqiy siyosiy raqobat kuzatilmadi.
Publishing date: 10 июля 2023
Content type: Пресс-релиз
Where we are: OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights
What we do: Сайлов
TOSHKENT, 2023-yil 10-iyul – O‘zbekistondagi muddatidan ilgari prezident sayloviga texnik jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rildi, ammo haqiqiy raqobat kuzatilmadi. Ijobiy jihati shundaki, huquqiy bazadagi soʻnggi islohotlar DIIHBning avvalgi tavsiyalarini inobatga oldi, biroq asosiy erkinliklar cheklanganligicha qolmoqda. Past darajadagi kampaniya saylovchilar bilan mazmunli ishtirok etmagan va saylov kuni muhim protsessual qonunbuzarliklar kuzatilganligi Demokratik institutlar va inson huquqlari uchun byurosining (DIIHB) bugungi bayonotida aytilmoqda.
DIIHB O‘zbekistonda saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyasini ochdi
Publishing date: 8 июня 2023
Content type: Пресс-релиз
Where we are: OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights
What we do: Сайлов
TOSHKENT, 2023-yil 8-iyun – YXHTning Demokratik Institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) O'zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy taklifiga binoan, 9-iyul kuni bo'lib o'tadigan muddatidan ilgari prezident saylovlarini kuzatish bo'yicha missiyasini ochdi.
Xalqaro kuzatuvchilarning fikriga koʻra, Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy referendum islohotlarning davomi sifatida koʻrindi, biroq asl plyuralizm yetishmovchiligi tufayli jarayon zaiflashdi
Publishing date: 1 мая 2023
Content type: Пресс-релиз
Where we are: OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights
What we do: Сайлов
TOSHKENT, 2023-yil 1-may – O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy referendum texnik jihatdan yaxshi tashkillashtirilgan va turli huquq va erkinliklarni amalga oshirishga qaratilgan harakat sifatida keng targ‘ib qilingan, biroq YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi xalqaro kuzatuvchilarining bergan bugungi bayonotiga ko‘ra, referendum asl siyosiy plyuralizm va raqobatga to‘g‘ri kelmaydigan muhitda bo‘lib o‘tdi.