Xalqaro kuzatuvchilarning fikriga koʻra, O‘zbekistondagi prezident saylovlarida islohotlarga qaratilgan ba’zi sa’y-harakatlarga qaramay, haqiqiy siyosiy raqobat kuzatilmadi.
TOSHKENT, 2023-yil 10-iyul – O‘zbekistondagi muddatidan ilgari prezident sayloviga texnik jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rildi, ammo haqiqiy raqobat kuzatilmadi. Ijobiy jihati shundaki, huquqiy bazadagi soʻnggi islohotlar DIIHBning avvalgi tavsiyalarini inobatga oldi, biroq asosiy erkinliklar cheklanganligicha qolmoqda. Past darajadagi kampaniya saylovchilar bilan mazmunli ishtirok etmagan va saylov kuni muhim protsessual qonunbuzarliklar kuzatilganligi Demokratik institutlar va inson huquqlari uchun byurosining (DIIHB) bugungi bayonotida aytilmoqda.
Huquqiy bazani isloh qilish davom etayotganini e’tirof etgan holda, bu asos demokratik saylovlarni o‘tkazish uchun hali to‘liq huquqiy asos yaratmayapti. Kuzatuvchilar, shuningdek, demokratik jarayon uchun muhim bo‘lgan bir qancha uzoq muddatli tavsiyalar e’tiborga olinmaganligini ta’kidladilar. Shuningdek, joriy cheklovlarni olib tashlash va fuqarolik jamiyatining saylov jarayonida to‘liq ishtirok etishini ta’minlash uchun ham islohotlar zarur.
“Huquqiy bazani isloh qilishda bir qator oldingi kuzatish va tavsiyalarimiz inobatga olingani ijobiy bo‘ldi”, deb DIIHB kuzatuvchilar missiyasi rahbari elchi Ursula Gachek ta’kidladilar. "Ammo saylov kampaniyasining voqeliklari, siyosiy raqobatning yo‘qligi va so‘z erkinligiga cheklovlar mavjudligi, barcha fuqarolarni o‘z ichiga olgan haqiqiy demokratiya sari dadilroq choralar ko‘rishni yanada muhimroq qiladi."
Saylov ma’muriyati ovoz berish kuniga texnik tayyorgarlikni samarali boshqardi, ammo quyi bo‘g‘in komissiyalarining mustaqilligini ta’minlash uchun qo‘shimcha xavfsizlik choralar ko‘rishi zarur. Saylov kuni umuman tinch o‘tgan bo‘lsa-da, jiddiy qonunbuzarliklar, muhim tartib va xavfsizlik choralariga rioya qilinmagani kabi qator kamchiliklar kuzatildi. Saylov qutilarini to'ldirish belgilari, shuningdek, saylovchilar ro'yxatidagi o’xshash imzolarning ko'plab kuzatuvlari bilan bir qatorda, bu jarayonning yaxlitligini shubha ostiga qo'ydi.
Ro‘yxatga olingan nomzodlarning hech biri amaldagi prezidentni ochiqchasiga tanqid qilmagan yoki muqobil siyosiy qarashlarni taqdim etmagan va saylov kampaniyasi davomida muhim ahamiyat kasb etmagan, kuzatuvchilar esa voqealar ko‘pincha uyushtirilgan ko‘rinishini qayd etishgan. Kampaniya qoidalari davlat resurslaridan suiiste’mol qilishni va davlat amaldorlarining kampaniyada ishtirok etishini taqiqlagan bo‘lsa-da, ularni amalga oshirish uchun samarali xavfsizlik choralar ko’rilmagan. Ijtimoiy chora-tadbirlarning kiritilishi va yangi loyihalarning e’lon qilinishi amaldagi prezidentga ortiqcha ustunlik berdi va barcha YXHT mamlakatlari majburiyatini olgan davlat va partiya o‘rtasidagi tafovutni buzdi.
Onlayn ommaviy axborot vositalari ijtimoiy masalalarni muhokama qilish uchun biroz joy ajratsa-da, cheklovchi huquqiy qoidalar va ommaviy axborot vositalarining tahririyat mustaqilligiga aralashish tahliliy hisobotlarning yo‘qligiga olib keldi va saylovchilarga ongli tanlov qilishga to‘sqinlik qildi. Shu bilan birga, tuhmat, yolg‘on ma’lumot va ekstremizm bilan bog‘liq huquqiy choralar xalqaro huquqqa zid ravishda nutqni nomutanosib ravishda jinoiy javobgarlikka tortishda davom etmoqda.
Ijobiy tomoni shundaki, 2016 yilda ularning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan islohotlar boshlanganidan beri parlamentdagi ayollar soni ko‘paygan va hozirda ayollar parlament o‘rinlarining deyarli 30 foizini egallamoqda. Biroq, ayollar kam vakil bo‘lib qolmoqda va gender masalalari saylov oldidan juda muhim emas edi. Prezidentlikka bitta ayol nomzod bundan mustasno, ayollar kampaniyada ko‘zga tashlanmadi.
DIIHBning saylovlarni kuzatish missiyasi 7 iyun kuni o‘z ishini boshladi va 18 iyulda tugaydi. Missiya DIIHB tomonidan yuborilgan 16 nafar ekspert hamda O‘zbekiston bo‘ylab joylashtirilgan 24 nafar uzoq muddatli va 195 nafar qisqa muddatli kuzatuvchilardan iborat.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
Katya Andrush, DIIHB: +48 609 522 266 or katya.andrusz@odihr.pl