YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori O‘zbekiston “Mediasavodxonlik bo‘yicha prokuratura xodimlari salohiyatini oshirish” mavzusida trening oʻtkazdi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va “O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda prokuratura organlari xodimlarining mediasavodxonlik sohasidagi salohiyatini oshirishga qaratilgan treninglarning birinchisi o‘tkazildi.
Joriy yilning 3-4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan birinchi treningda, prokuratura organlarining yigirma olti nafar (9 nafari ayol va 17 nafari erkak) xodimlari, jumladan, prokuratura Departamentlarining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchilari, hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi katta inspektorlari ishtirok etdi. Treningda zamonaviy media makonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, media va axborot savodxonligining asosiy tushuncha va tamoyillari muhokama qilinib, axborotning to‘g‘riligi va ishonchliligini baholashda tanqidiy fikrlash usullari, kiberxavfsizlik masalalari va ijtimoiy tarmoqlar algoritmlari o‘rganildi. Shuningdek, mediasavodxonlikdagi gender aspektiga va soxta ma'lumotlarga qarshi kurashish uchun fakt-cheking platformalaridan foydalanishga katta e'tibor qaratildi.
Tadbir davomida prokurorlar ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, zararli kontent masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanish, uning OAV uchun ijobiy va salbiy oqibatlariga oid masalalarni ko‘rib chiqdilar. YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi Sergey Sizov “YXHT mintaqasida mediasavodxonlikni oshirish bo‘yicha turli loyihalar va tashabbuslar orasida eng muhimi barcha manfaatdor tomonlar, jumladan, davlat idoralari, media tashkilotlari, biznes, ilmiy muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida yaqin hamkorlik qilish mexanizmlari va platformalarini yaratish bilan bog‘liqdir”, - deb ta’kidladi.