Yoshlar huquqlari Inson huquqlari bo’yicha Samarqand forumning e'tibor markazida bo’ldi
Yoshlar huquqlari mavzusiga bag'ishlangan ikki kunlik yuqori darajadagi Inson huquqlari bo'yicha Samarqand forumi 2020 yil 12 va 13 avgust kunlari onlayn shaklda bo'lib o'tdi. YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan qo'llab-quvvatlangan forumda YXHT Kotibiyati, YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi, YXHT Parlament assambleyasi va boshqa YXHTning joylardagi ofislari vakillari qatnashdi. Ushbu tadbir, shuningdek O'zbekiston hukumati tomonidan O’zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, BMTning mamlakat bo'yicha jamoasi va Friedrich Ebert jamg’armasi tomonidan tashkil etildi. Inson huquqlari bo'yicha Samarqand forumi - 2018 yilda Samarqandda bo'lib o'tgan Osiyo forumining davomi hisoblanadi.
Yoshlarning huquqlariga bag'ishlangan forumda dunyoning turli burchaklaridan 1000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-Bosh assambleya sessiyasida yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish tashabbusi ushbu mavzuga turtki bo’ldi. Forum xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali mulozimlari, yaqinda tashkil etilgan O'zbekiston Yoshlar Parlamenti, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi kabi milliy hamkorlar, hamda turli hudud va inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar vakillari ishtirokida katta tadbirga aylandi .
Tadbir davomida ishtirokchilar yoshlar huquqlariga oid xalqaro standartlarini ishlab chiqish, yoshlar huquqlari va barqaror rivojlanish maqsadlari o'rtasidagi bog'liqlik, yoshlar uchun inson huquqlari sohasidagi ta'lim, shuningdek, tinchlik va xavfsizlikda yoshlarning o'rni bilan bog'liq masalalarni muhokama qildilar. Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiya hujjati loyihasi ham muhokama markazida bo’ldi.
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori John MacGregor ta'kidlaganidek, 2017 yildan beri O'zbekiston hukumati xavfsizlikning barcha uch yo'nalishlari bo'yicha YXHT majburiyatlariga to'la mos keladigan juda ulug'vor islohotlarni amalga oshirmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, keng qamrovli xavfsizlik nuqtai nazarida yoshlar va inson huquqlariga katta e'tibor berilmoqda. “Ikki yil oldin, inson huquqlari bo'yicha Samarqandda o'tkazilgan birinchi Osiyo forumning tashkilotchisi sifatida va YXHTning rolini hisobga olgan holda, O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan yirik xalqaro tashabbuslar bilan bir qatorda, biz, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori, yoshlar huquqlariga bag'ishlangan BMT-75 dasturi doirasida bo’lib o’tgan maxsus inson huquqlari bo’yicha Samarqand forumdan juda mamnunmiz".
Keyingi forum 2022 yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan.