O‘zbekistonda samarali strategiyalar va ular bilan bog‘liq muammolarni belgilab olish maqsadida YXHTning odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha birinchi milliy simulyatsiya mashg‘uloti o‘z ishini boshladi
Joriy yilning 12-dekabr kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchi ofisi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy komissiya bilan hamkorlikda Bosh prokuratura huzuridagi Akademiya binosida odam savdosiga qarshi kurash simulyatsiyasi mashg‘ulotlarini Toshkent shahrida boshladi. Besh kunlik simulyatsiya mashg‘ulotlariga huquqni muhofaza qilish organlaridan 50 ga yaqin mutaxassislar, jumladan, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Akademiya, Ijtimoiy va tibbiy yordam agentligi, yuristlar va fuqarolik jamiyat tashkilotlari vakillari yig‘iladi.
Ushbu tajriba-sinov simulyatsiya mashg‘ulotning asosiy maqsadi inson huquqlariga asoslangan va gender masalalari bo‘yicha yondashuvlarga ustuvor ahamiyat berish orqali odam savdosi jabrdiydalariga yangi tashkil etilgan Milliy qayta yo‘naltirish mexanizmi doirasida idoralararo muvofiqlashtirish va hamkorlikni takomillashtirish orqali yordam ko‘rsatishdir. Simulyatsiya mashg‘ulotlarda erkaklar, ayollar va bolalarning jinsiy va mehnat ekspluatatsiyasi holatlarini taqlid qilish uchun maxsus joylar yaratilgan. Inson savdosining haqiqiy stsenariylarini taqlid qiluvchi “Ilhom” teatri aktyorlari ushbu innovatsion trening simulyatsiyasi metodologiyasiga kiritilgan bo‘lib, ular operativ guruh xodimlarga odam savdosiga qarshi potentsial choralarini qo‘llash imkoniyatini beradi.
Bir qator ishtirokchi davlatlar odam savdosi bilan bog‘liq holatlarda ko‘p tarmoqli guruhlarda ishlash uchun ko‘nikma va malakani oshiruvchi innovatsion va muvaffaqiyatli metodologiya sifatida o‘z samaradorligini ko‘rsatgan YXHT modeliga amal qilib, milliy darajada o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etib kelmoqda.