YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlarni qo'llab-quvvatlamoqda
2021 yil 2 iyun kuni YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorlikdagi "Bolalar va yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish”ga qaratilgan yangi loyiha o'g'il bolalar koloniyasida start oldi.
Loyiha, ijtimoiy integratsiyani kuchaytirish, jinoyat qonunchiligi, genderga oid, shuningdek bolalar va yoshlar huquqlari bo'yicha huquqiy asoslarni berish orqali yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olishning samarali usullarini targ'ib qilish bo'yicha milliy salohiyatni oshirishga qaratilgan.
Axloq tuzatish muassasalarida bo'lgan bolalar va yoshlar murakkab ehtiyoj va muammolar bilan to’qnashib keladilar. Taqdirlari ochiq qolgan holda, ular ko'pincha ijobiy ibrat olishga va hissiy, ruhiy va jismoniy yordamga muhtoj bo'lishadi. Shunday ekan, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori muassasalardagi yoshlarga sport, musiqa, teatr va kasb-hunar bilan shug’ilanish uchun imkoniyatlar yaratish uchun Bola huquqlari bo'yicha vakili bilan hamkorlik qilmoqda.
Tashrif davomida YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori va Bola huquqlari bo'yicha vakili koloniyadagi sharoitlar bilan tanishdi va yoshlarga futbol formasini sovg'a qilishdi.
Bola huquqlari bo'yicha vakili Aliya Yunusova koloniya mahbuslariga murojaat qilib: «Mendan necha farzandiz bor deb tez-tez so'rashadi, va men doim shuni aytamanki, O'zbekistondagi barcha bolalar mening farzandlarim. Qaerda bo'lishingizdan qat'i nazar, sizning huquqlaringiz buzilgan bo'lsa, Bola huquqlari bo'yicha vakili har doim sizni tinglashga tayyor. Siz murojaatlarni “Ombudsman qutilari” orqali yoki koloniya boshlig'i orqali yuborishingiz mumkin. Yaqin kunlarda shikoyatlar uchun uzluksiz ishlaydigan ishonch telefoni ham joriy etiladi».
"Insoniylik mezonlar" loyihalari bo’yicha katta maslahatchi Matyo Lemuan ochilish marosimida ishtirok etib: “Loyiha faoliyati ijodiy, konstruktiv va kelajakka yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bizning maqsadimiz, salohiyatingizni ochib berish va jamiyatga ijobiy hissa qo'shishingiz uchun sizga yordam berishdir",- deb takidladi.