"Kamalak" tashkilotining yigirma yilligini nishonlash munosabati bilan O'zbekistonda YXHT kuni bo'lib o'tdi
2021 yil 20 may kuni aralash formatda bo'lib o'tgan "Kamalak" bolalar tashkilotining 20 yilligiga bag'ishlangan YXHT kunida O'zbekistonning barcha hududlaridan to'qson nafar yoshlar yetakchilari va ko'ngillilar qatnashdilar. YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ushbu tadbirni Bolalar huquqlari bo'yicha Ombudsman va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etdi.
Ishtirokchilar YXHT, uning ijroiya tuzilmalari to'g'risida bilimlarini oshirish va tashkilotning O'zbekistondagi faoliyati bilan tushunish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Tinchlik, bag'rikenglik va tenglik madaniyatini targ'ib etishda yoshlarning roli to'g'risidagi jonli fikr va mulohaza almashuvi interfaol mashg'ulotlar orqali amalga oshirildi.
YXHT "Insoniylik o'lchovi" bo’yicha loyihalarning katta maslahatchisi Matyo Lemuan o’zining kirish so'zida YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori O'zbekistonda yoshlar islohotlari samaradorligini kengaytirish va yanada oshirish borasidagi yutuqlarni olqishlashni ta'kidladi. “Bugungi tadbirda ishtirokchilar YXHT va uning O'zbekistondagi faoliyati bilan tanishdi, ular YXHT qanday ishlashini, qanday muammolarni hal qilishni maqsad qilganligini bilib olishdi, shuningdek, ba'zi umumiy muammolarning yechimini topishga harakat qilib haqiqiy rivojlanish bo’yicha mutaxassislarga aynalishdi”.
Ushbu tadbir 2014 yilgi vazirlar kengashining yoshlar to'g'risidagi Bazel deklaratsiyasi va 2018 yilgi tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda yoshlarning o’rni to'g'risidagi YXHTning deklaratsiyasiga binoan yoshlar orasida tinchlik va xavfsizlikni targ'ib qilish va yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori faoliyatining doirasida bo’lib o’tdi.