O'zbekistondagi Loyihalar koordinatori inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun sudlar va saylov uchastkalarda jismoniy muhit yaratish bo'yicha trening o'tkazmoqda
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/hires/2/2/487240.png?1621591817)
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori fuqarolik jamiyat vakillari va O'zbekiston Nogironlar uyushmasi a'zolari uchun sudlar va saylov uchastkalarda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun jismoniy muhit yaratish bilan bog'liq bir qator o'quv kurslarini tashkil etdi. Kurslar 2021 yil 17 mayda onlayn tarzda boshlangab bo’lib 10 iyungacha davom etadi.
Rus va o'zbek tilida o'tkaziladigan seminarlarda O'zbekistonning bir qator viloyatlaridan kelgan 30 dan ortiq nogironlar uyushmasi vakillari qatnashmoqda.
Insoniylik o'lchovlidagi YXHTning majburiyatlarni ijro etish uchun seminar ishtirokchilari nogironlarga nisbatan odil sudlov qo’llanilishi huquqi, fuqarolik jamiyati vakillari tomonidan jamoatchilik nazoratini o'tkazish metodologiyasi, ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish, shuningdek hisobot yozish kabi bir qator masalalar bo'yicha o’z bilimlarini oshiradilar.
Tadbirning ochilish sessiyasida YXHTning Loyihalar bo'yicha bosh maslahatchisi Metyu Lemuan, nogironlar va umuman zaif guruh vakillari mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida to’liq ishtirok etish uchun YXHT tomonidan nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarni himoya qilish harakatlari tobora ortib borayotganligini e'tirof etdi. « YXHTning O'zbekistondagi loyihalari coordinatori BMTning nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilish uchun O'zbekistonning sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash asosiy maqsadlaridan biri deb biladi; biz O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha Kengashining 46-sessiyasida konvensiyasini ratifikatsiya qilish to'g'risidagi nutqini mamnuniyat bilan olqishlaymiz», dedi Lemuan.
O'quv kurslar "O'zbekistonda nogironlarning huquqlarini himoya qilish va qo'llab-quvvatlash" loyihasi doirasida tashkil etildi.