YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Qiynoqlarga qarshi milliy preventiv mexanizm doirasida xabardorlikni oshirishga oid bir qator seminar dasturlarni o'tkazmdi
7-13 aprel kunlari YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Qiynoqlarga qarshi milliy preventiv mexanizm doirasida xabardorlikni oshirishga oid bir qator seminarlarni o'tkazdi. Tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) bilan birgalikda tashkil etildi.
Muhokamalar Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'lib o'tdi. Seminarlarda ta'lim va sog'liqni saqlash sohasida faoliyat yurituvchi mintaqaviy davlat organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, sud organlari va Advokatlar palatasi vakillari ishtirok etdi. Qozog'istonlik mutaxassis, qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy, qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazolarni oldini olish borasida xalqaro standartlar bo'yicha o'z bilimlari bilan o'rtoqlashdi. Seminarlarda 100 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi
Ishtirokchilar mamlakatdagi penitentsiar tizimida mahkumlar va qamoqda saqlaniyotgan shaxslarni qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan muomala yoki jazolarni oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar to'g'risida ma'lumot oldilar. Shuningdek, qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan muomala yoki jazoni taqiqlash bo'yicha YXHT standartlari, shuningdek yopiq muassasalarda inson huquqlari bo’yicha jamoat nazoratiga oid xorijiy tajribalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar seminarlarni yanada interaktiv qilish uchun guruhlarda ishladilar va inson huquqlari masalalari bo'yicha amaliy ishlarni tahlil qildilar. Seminar yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Seminarlar Italiya va Norvegiya hukumatlari tomonidan moliyalashtiriladigan "Qiynoqlarga qarshi milliy preventiv mexanizmini yaratishga ko'maklashish" loyihasi doirasida tashkil etildi.