YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi mavqeini kuchaytirish mavzusida o’tkazilgan davra suhbatni qo'llab-quvvatladi
2021 yil 20-21 aprel kunlari YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ayollarning siyosat va biznesdagi ishtirokini kuchaytirish, shuningdek, ayollarning kasbiy rivojlanishiga va yetakchilik qobiliyatiga sarmoya kiritishga qaratilgan aralash formatdagi davra suhbatni o'tkazdi. Tadbir Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo’yicha qoʻmitasi bilan birgalikda tashkil etildi.
Muhokamalarda Toshkent, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi ellikdan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar. Ishtirokchilar orasida Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya a'zolari, vazirliklar va davlat idoralari rasmiylari, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakllari bo’ldi. Muhokamalar siyosiy ishtirok etishda ayollarning mavqeini oshirishga va ishbilarmon ayollarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga, ayniqsa oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo’yicha qoʻmita rahbari Malika Qodirxonova o'zining ochilish nutqida quyidagilarni ta'kidladi: «Qo'mita, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda mavqeini kuchaytirish yo’lida o’z faoliyatini yuritadi. Qo'mita Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarda tegishli davlat organlari rahbarlari bilan birgalikda echimlarni izlashga va tizimli ish olib borishga qaratilgan masalalarni o'rganishni rejalashtirmoqda”.
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor o'zining ochilish nutqida shunday dedi: « YXHTning ushbu sohaga tegishli bir qator majburiyatlari mavjud. YXHT, ayollar va erkaklar tengligi, tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun muhim ahamiyat kasb etishni tan oladi. Biz, yetakchi ayollar, biznesdagi ayollar, huquqni muhofaza qilish organlari va fuqarolik jamiyati ayollari o'rtasida O'zbekistonning turli mintaqalarida ayollar duch keladigan muammolar to'g'risida qator davra suhbatlarini tashkil etishni davom etamiz”.
Davra suhbati YXHT "O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasini qo'llab-quvvatlash" byudjetdan tashqari loyihasining bir qismidir. Loyiha Finlyandiya va Norvegiya hukumatlarning moliyaviy yordami bilan amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatorining mamlakatdagi ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda ishtirokini kengaytirishga ko'maklashish bo'yicha doimiy majburiyatlarining bir qismidir.