Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jihatlari mavzusidagi seminar YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan jurnalistlar uchun o’tkazilmoqda
2021 yil 10 va 11 mart kunlari YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magida murabbiylarni tayyorlash o’quv kursni Toshkentda tashkil qilmoqda. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining o'ttiz beshta mutaxassislari murabbiy sifatida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, ijtimoiy axborot vositalari bilan bog'liq qonunchilik va me'yoriy ishlanmalar, jurnalist axloqi va jurnalistlar va bloggerlarning huquqlari bo'yicha seminarda qatnashmoqdalar.
Keyinchalik, ishtirokchilar yangi olingan ko'nikmalari bilan 12-24 mart kunlari respublikaning olti viloyat markazlarida (Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Termiz va Urganch) bo'lib o'tadigan o’hshah o'quv mashg'ulotlar davomida boshqa jurnalistlar va bloggerlar bilan o'rtoqlashadi.
“Demokratik jamiyatlarning asosini erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari tashkil etadi. YXHT o'quv kurslarni tashkil etish orqali jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi», - dedi loyihalar bo’yicha katta maslahatchi Natasha Rashich.
Imkoniyatlarni kengaytirish bo'yicha o’tkazilayotgan tadbirlar "O'zbekiston jurnalistlar va bloggerlarning salohiyatini oshirish va ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash" loyihasi doirasida tashkil etilgan. Ushbu dastur mahalliy auditoriya uchun ommaviy axborot vositalarining tarkibini yaxshilash uchun va mamlakat bo'ylab mustaqil jurnalistlar va bloggerlarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan. Loyiha Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar va hamdo'stlik vazirligining byudjetdan tashqari ko’magi ostida o’tkazilmoqda.