Brayl alifbosida chop etilgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi qonun taqdimoti o’tkazildi
2021 yil 19 fevral kuni YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan Brayl alifbosida chop etilgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi qonuni, hamda, davlat tilidagi “BMTning nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi”ning o'quv qo'llanmasi (professional trening to’plami) ommaviy taqdimoti o’tkazildi. Tadbir Inson huquqlari bo'yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi va YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (YXHT / DIIHB) hamkorligida tashkil etildi.
Taqdimotda yetmishdan ziyod ishtirokchilar bir vaqtning o'zida ham onlayn, ham shaxsan qatnashdi. Ular orasida: Inson huquqlari bo'yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markaz rahbariyati; O'zbekiston Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar bo’yicha qo'mita raisi; nogironlar jamiyati vakillari, xususan O'zbekiston Ko'zi ojizlar Jamiyati va YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatorning doimiy hamkori - O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi; nogironlar va boshqa manfaatdor jamoatchilik, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va YXHT / DIIHBning Demokratlashtirish departamenti rahbari vazifasini bajaruvchi Meaghan Fitsgerald bo’ldi. Tadbirni mahalliy ommaviy axborot vositalari yoritdi.
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor o'zining ochilish nutqida nogironlarning huquqlari sohasiga oid YXHTning bir qator majburiyatlari, shu jumladan 1991 yilgi Moskva hujjati haqida ta'kidladi. U shunday dedi: "YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori nogironlar huquqlari sohasidagi faoliyatni, ayniqsa, O'zbekistondagi nogironligi bo’lgan shaxslarning jamoatchilik va siyosiy ishtirokini kuchaytirish nuqtai nazaridan asta-sekin oshirib bormoqda. O'tgan yili bizning vakolatxonamiz YXHT / DIIHB materiallarini o'zbek tiliga tarjima qilib YXHT veb-saytida joylashtirdi.
YXHT / DIIHB, Nogironlar assotsiatsiya va ijtimoiy masalalar bo'yicha maslahatchi bilan hamkorlikda biz nogironlarning parlament ishlarida ishtirokini erkinlashtirish masalasi bo'yicha tahliliy so'rovlar o'tkazmoqdamiz. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi qonun Brayl alifbosida chop etilishi inklyuziv jamiyatni qurish sari muhim qadamdir".