YXHT 2021 yilga mo'ljallangan davlat ustuvor yo'nalishlariga oid yuqori darajadagi anjumanlarni o’tkazdi
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori 2021 yil 2 va 5 fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi 2017-2021 yillarda erishilgan samara va natijalar, Harakatlar strategiyasi, davlat taraqqiyoti va demokratlashtirish sohasidagi islohotlar bo'yicha keyingi qadamlarga oid 2020 yil dekabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev qilgan murojaatnomani muhokama qilish uchun ikkita tadbir o'tkazdi. Tadbir Taraqqiyot Strategiyasi markazi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis (Parlament), Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz, BMT Taraqqiyot dasturining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi bo'yicha hamkorlik" loyihasi, Oliy Sud, Amerika Qo'shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi, Advokatlar palatasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi va Jahon banki tomonidan tashkil etildi.
2 fevral kuni ishtirokchilar parlamentning islohotlarni amalga oshirishdagi roli, sud tizimida qonun ustuvorligini isloh qilish, davlat boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlar, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ta'minlash bo'yicha islohotlarning holati va islohotlarda fuqarolik jamiyatning nufuzi muhokama qilindi.
5 fevral kuni bo'lib o'tgan tadbirda, davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud tizimini isloh qilish uchun zarur bo'lgan hozirgi va istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Tadbirda, iqtisodiy rivojlanish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik va o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni ta'minlashning ustuvor yo'nalishlari diqqat markazida bo'ldi.
Anjuman ochilishida, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor shunday dedi: "Barchamiz Prezident Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi murojaatnomasini diqqat bilan tingladik. Murojaatnomada yutuqlarimiz qayd etildi va o’z yechimini kutayotgan masalalar haqida aytildi. Prezident har bir nutqida takidlanganidek, biz harakatga chaqirildik. Murojaatnomada etakchilarga zarurat borligi haqida aytildi. Biz o'sha etakchilarmiz. Biz yetakchilik ko'rsatishimiz darkor. 2021 yilga davlat dasturi belgilanib berildi. YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Harakatlar Strategiyasi va davlat dasturining ustuvor yo'nalishlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun har qachongidan ham ko'proq ko’mak ko’rsatishga tayyor. Men, islohotlar YXHT majburiyatlari bilan chambarchas bog'liq bo’lgani uchun, ularni qo'llab-quvvatlayman”.
Anjumanda 210 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan yuqori darajadagi vazirliklar, davlat idoralari, tahlil markazlari, xalqaro hamjamiyat, fuqarolik jamiyat vakillari va ekspertlar qatnashdi.