YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori “O'zbekiston taraqqiyotida ayol parlamentariyalarning o’rni” mavzusidagi birinchi Forumni qo'llab-quvvatladi
14 dekabr kuni Toshkent shahrida "O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotida ayol parlamentariyalarning o’rni" mavzusida birinchi Forum bo'lib o'tdi. Tadbir YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O'zbekiston Respublikasining gender tenglik bo'yicha komissiyasi hamda BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Aholishunoslik fondi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Forumda O'zbekiston Respublikasi Senati va Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti a'zolari, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari mas'ullari, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir maqsadi xotin-qizlar parlamentlari hamda milliy va mintaqaviy darajadagi deputatlik guruhlari o'rtasida xotin-qizlarning siyosiy hayotda ishtirokini kengaytirish masalalari bo'yicha samarali hamkorlik uchun zamin yaratish edi.
Forumni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbaeva ochib berdi. U o'zining ochilish nutqida quyidagilarni ta'kidladi: «Ayollarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda to'liq ishtirok etishi iqtisodiy o’sish, demokratik taraqqiyot va jamiyatdagi barqarorlikning asosiy shartidir. O'tgan yilgi saylov natijasida parlamentning quyi palatasiga 48 nafar deputat ayol saylandi, bu umumiy deputatlar sonining 32 foizini tashkil etadi. O'zbekiston tarixida birinchi bor milliy parlamentdagi ayollar soni BMT tavsiyalari bilan belgilangan darajaga yetdi. Mamlakatimiz parlamenti ayollar soni bo'yicha dunyoning 190 parlamentlar orasida 37-o'ringa ko'tarildi».
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor o'z nutqida “biz bugun duch kelayotgan ulkan muammolarga javob berish uchun hozir, har qachongidan ham ko'proq, ayol vakillikni kengaytirish kerak, ayniqsa qaror qabul qilish lavozimlarda”. U shunday dedi: "Bizning vakolatxonamiz va YXHTning barcha institutlari O'zbekiston Respublikasi 2020-2030 yillarga mo’ljallangan gender tengligini ta'minlash bo'yicha milliy strategiyani amalga oshirish uchun imkon qadar yordam berishga tayyor".
Forum ishtirokchilari ayollar parlament asotsiatsiyasini yaratish, uning umumiy maqsad va vazifalari, strategiy va harakat yo'nalishlarini belgilash bo'yicha o'z fikrlarini bildirdilar.
Forum yakunida ishtirokchilarning fikr va takliflari umumlashtirib, tavsiyalar ishlab chiqildi.