YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori qiynoqqa solish harakatlarni tibbiy-huquqiy hujjatlashtirish va Istanbul protokoli bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etdi
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori (loyihalari koordinatori) "Istanbul protokoliga muvofiq qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo turlarini qo’llash yuzasidan samarali tergov qilish va hujjatlashtirish" mavzusida o'quv kurslarga zamin yaratib berdi. Tadbir 2020 yil 14-16 dekabr kunlari bo'lib o'tdi.
O'quv kursi Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz va Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissarning Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi bilan birgalikda tashkil etildi.
Tadbir davomida Daniya Qiynoqlarga qarshi institutining (DIGNITY) xalqaro ekspertlari qiynoqlarni tergov qilish va hujjatlashtirish, Istanbul protokoli bo'yicha tergov xalqaro standartlari, qiynoqlarni tergov qilish jarayonida mutaxassislarning hamkorligi, qiynoqlarning jismoniy va ruhiy dalillari bo'yicha ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdi.
O'quv kursda Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining penitentsiar muassasalari tibbiyot xodimlari va Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz vakillari qatnashdilar. Tadbir davomida ular davlatning qiynoqlarni tergov qilish, hujjatlashtirish va jinoiy javobgarlikka tortish majburiyati, zarar etkazmaslik prinsipi va qiynoqlarni hujjatlashtirishda idoralararo hamkorlikning qadriyatlari, asosiy printsiplar va Istanbul protokolini qo'llash bo’yicha bilimlarni oshirdi. Shuningdek, tadbir doirasida Istanbul protokolining o'zbek tilidagi tarjimasi taqdimoti bo'lib o'tdi.
Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz direktori, professor Akmal Saidov quyidagilarni ta'kidladi: “O'zbekistonda inson huquqlarini targ'ib qilish, himoya qilish va ularga rioya qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi va Istanbul protokolida qiynoqlarni samarali tergov qilish va hujjatlashtirishni ta'minlashga oid majburiy bo'lgan minimal standartlarning qisqacha tavsifi berilgan".
YXHTning loyihalari koordinatori bosh maslahatchisi Richard Uiller shunday dedi: “2017-2020 yillar davomida O'zbekiston tomonidan qiynoqlarning oldini olish bo'yicha inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish darajasiga ta'sir ko'rsatadigan kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish bo'yicha jiddiy ishlar olib borildi. Albatta, YXHTning loyihalari koordinatori O'zbekistonda qiynoqlar va g’ayriinsoniy muomalaga qarshi tezkor choralarni birinchi o'ringa qo'yishdagi sa'y-harakatlarini yuqori baholaydi”.
O'quv kursi YXHTning "O'zbekistonda inson huquqlari milliy tizimining barqaror rivojlanishiga ko'maklashish" loyihasi doirasida tashkil etildi.