YXHT jurnalistlar va bloggerlar malakasini oshirish uchun O'zbekiston viloyatlarida treninglar tashkil qildi
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda O'zbekiston viloyatlarda jurnalistlar va bloggerlar malakasini oshirish uchun bir qator o'quv kurslarini tashkil qildi. Har bir o'quv mashg'uloti ikki kundan iborat bo’lib O'zbekistonning Qarshi, Samarqand, Buxoro va Nukusda shaharlarda 2020 yil 10-dekabrdan 25-dekabrga qadar davom etadi.
O'quv kurslari jurnalistlar va bloggerlarga jurnalistikada raqamli xavfsizlik; soxta matnlar, fotosuratlar va videofilmlarni aniqlash uchun onlayn vositalari; jurnalistikada raqamli gigiena; jurnalistlarning huquqiy ongi; jurnalistning professional axloq mezonlari; YouTube bilan ishlash tamoyillari; xavfsizlik masalalari; va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan bog'liq mavzularni o'rganish va muhokama qilish imkoniyatini beradi.
O'quv kurslari interaktiv shaklda o'tkaziladi va guruhdagi hamjihatlikni mustahkamlash, og'zaki muloqot va jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Har bir o'quv kursi taqdimot mashg'ulotini o'z ichiga oladi, undan keyin savol-javob jarayoni bo'lib o'tadi. Barcha ishtirokchi o'z tajribasi bilan o’rtoqlashga muyassar bo’ladi.