YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan Advokatlar palatasi uchun o'quv-seminar tashkil etildi
YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan Advokatlar palatasi vakillar salohiyatni oshirish maqsadida ilg'or amaliyotlar va advokatura institutini rivojlantirish sohasida tajriba almashish bo'yicha o'quv-seminar tashkil etildi. 2020 yil 18-20 noyabr kunlari bo'lib o'tgan tadbirni O'zbekiston Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov va YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori elchi Jon MakGregor ochib berishdi.
Seminarda 50dan ortiq ishtirokchilar, Advokatlar palatasi advokatlari, milliy hamkorlar, xalqaro va nodavlat tashkilotlar vakillari qatnashdilar.
“Bizning vakolatxonamiz Advokatlar palatasi bilan hamkorlikni yaxshilashga va uni yanada rivojlantirish uchun zarur yordamni berishga tayyor. Ushbu tadbir odil sudlov tizimining mustaqilligini yanada oshirish bo'yicha harakatlarimizning bir qismidir. Advokatlarning ahamiyati 2005 yilda qabul qilingan Vazirlar Kengashining inson huquqlarini himoya qilish va jinoiy odil sudlov tizimida qonun ustuvorligini ta'minlash to'g'risida qarorida ta'kidlangan», - dedi YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori Jon MakGregor.
Shuningdek, loyihalar koordinatori DIIHBning joriy yil aprel oyida taqdim etilgan "Advokatlik institutini yanada takomillashtirish va advokatlar maqomini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezident farmoni loyihasiga oid izohlarni eslatib, ularning dolzarbligini va ahamiyatini ta'kidlab o’tdi.
Germaniya, Kanada va Rossiya Federatsiya xalqaro ekspertlari advokatlar palatasi bilan institutning mustaqilligini, ichki tuzilishini, moliyaviy barqarorligini kuchaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda AKT vositalardan foydalanish afzalliklar to’g’risida o'zlarining milliy tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.
Tadbir YXHT loyihalar koordinatorining "O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining salohiyatini oshirish" loyihasi doirasida tashkil etildi.