YXHT yondoshuvi bilan tashkil etilgan tadbirda milliy ozchiliklarning O'zbekistondagi ijtimoiy hayotda samarali ishtiroki bo'yicha Lund tavsiyalariga e'tibor qaratiladi
2020 yil 23-24 noyabr kunlari YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan Lund tavsiyalarning asosiy tamoyillarni, shuningdek, YXHT va O'zbekiston ilg’or tajribalarni muhokama qilish uchun davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir Inson huquqlari bo’yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi va YXHTning Milliy ozchiliklar bo'yicha Oliy komissar ofisi bilan birgalikda tashkil etildi.
Konferentsiyada YXHT Milliy ozchiliklar bo'yicha Oliy komissar ofisining mutaxassislari, xalqaro ekspertlar va milliy hokimiyat idoralari vakillari ishtirok etmoqda. Ular siyosiy hayotda samarali ishtirok etish, madaniy va diniy hayotda faol ishtirok etish orqali xilma-xillikni ta'minlash, ijtimoiy-iqtisodiy ishtirokga inklyuziv yondashuv, ozchilikni tashkil etuvchi ayollarning ishtirok etish imkoniyatlari va kamchiliklari bo'yicha YXHT miqyosidagi yaxshi amaliyotlar to'g'risida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadilar.
YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori Jon MakGregor milliy ozchiliklarga mansub kishilarning inson huquqlari va erkinliklari bilan bog'liq YXHT majburiyatlarining muhimligini ta'kidladi. "Milliy ozchilikka mansub bo'lish insonning shaxsiy tanlovi va bunday tanlovni amalga oshirishda hech qanday noqulayliklar tug'ilmasligi kerak. YXHTga a'zo davlatlar milliy ozchiliklarga mansub shaxslarning jamoat ishlarida samarali ishtirok etish huquqini hurmat qilishga, shu jumladan, bunday ozchiliklarning shaxsini himoya qilish va targ'ib qilish bilan bog'liq ishlarda ishtirok etishga kelishib oldilar », - dedi MakGregor.
YXHTning Milliy ozchiliklar bo'yicha Oliy komissari Kristof Kamp shunday dedi: “Lund tavsiyalari ortidagi eng muhim vazifalardan biri shundaki, ular mamlakat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida ozchiliklarning mazmunli vakilligi va ishtiroki orqali davlat muassasalariga bo’lgan sodiqlik va ishonchni tarbiyalaydi. O’z navbatda, ozchilikni tashkil etuvchalardan birlashishga tayyor bo’lishni talab qiladi: integratsiya - bu ikki tomonlama jarayon».