“Nogironlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro standartlar” mavzusidagi seminar YXHT tomonidan tashkil etildi
Nogironlarni jamiyatga jalb qilishning ahamiyati 2020 yil 17 noyabrda bo'lib o'tgan onlayn-tadbirning markazida bo'ldi. Seminar YXHTning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O'zbekiston nogironlar uyushmasi, YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB), nogironlarning huquqlarni himoya qilish bo’yicha xalqaro ekspertlar hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirga O'zbekiston fuqarolik jamiyati va YXHT mintaqasining 50 dan ortiq vakillari, ekspertlar va ma'ruzachilar nogironlarga ko’mak ko’rsatish, ularni himoya qilish hamda nogironlar huquqlarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilish yuzasidan o'z fikrlari va ilg'or tajribalari bilan almashdi.
O'zbekiston nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov shunday dedi: “Bu yil, O'zbekiston BMTning nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini imzolaganiga roppa-rosa 11 yil bo’ldi. Hozirgi vaqtda nogironlarning huquqlari to'g'risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda va ushbu jarayonni kechiktirmaslik kerak, chunki konventsiya ratifikatsiya qilinishi inklyuziv jamiyat yaratish yo'lidagi birinchi qadamdir».
«YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) nogironlarning teng ishtirok etish huquqi YXHTning inson o'lchovlari bo'yicha ustuvor majburiyatlaridir, chunki inklyuziv va kuchli demokratiya barcha fuqarolarning faol ishtiroki bilan yaratiladi”, - dedi DIIHB demokratyalashtirish bo'lim boshlig'i vazifasini bajaruvchi Meaghan Fitsgerald.
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor ochilish nutqi davomida shunday dedi: “Loyihalar koordinatori nogironlar huquqlari sohasidagi faoliyatini bosqichma-bosqich oshirib bormoqda. Masalan bu yil, ushbu muhim voqeadan tashqari, bizning ofisimiz YXHT/DIIHB materiallarini o'zbek tiliga tarjima qildi, bu butun O'zbekiston bo'ylab nogironlarga o'z huquqlari bilan yaxshiroq tanishish imkonini beradi. Shuningdek, biz O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va nogironlar huquqlari to'g'risidagi yangi qabul qilingan qonunni Brayl formatida chop etish jarayonida turibmiz. DIIHB, uyushma va ijtimoiy ishlar bo’yicha maslahatchisi bilan hamkorlikda biz nogironlar uchun parlamentga erkinlik masalasi yuzasidan tahliliy so'rovlar o'tkazmoqdamiz.”
Ushbu tadbir YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan amalga oshirilayotgan "O'zbekiston nogironlarning huquqlarini targ’ib va himoya qilish" bo’yicha loyiha doirasida bo’lib o’tdi.