Genderga doir zo'ravonlikka qarshi kurash bo'yicha trening YXHTning O'zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi tomonidan sudyalar uchun tashkil qilindi
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi sudyalar uchun 2020 yil 22-24 oktyabr kunlari genderga doir zo'ravonlikka barham berishning ilg'or tajribalar va muammolar, shuningdek, COVID-19 pandemiya sharoitida oiladagi zo'ravonlik va odam savdosiga qarshi kurash sohasida davlat va sud qarorlarlari bo’yicha o'quv kursini tashkil etdi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda tashkil etildi
Tadbirni Oliy sud rais o'rinbosari Ikrom Muslimov va YXHTning O'zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon MakGregor ochib berishdi.
"YXHT genderga oid yoki oiladagi zo'ravonlikka qarshi kurash sohadagi ilg'or tajriba almashish uchun imkoniyatlar yaratib berayotganidan mamnun", dedi MakGregor. "Ushbu uch kunlik tadbir 2019 yilda qabul qilingan "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonun va YXHTning tegishli majburiyatlarni samarali bajarishga yordam beradi".
YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byuro (DIIHB) ekspertlari o'zlarining "YXHTning inson o'lchovlaridagi majburiyatlari va davlatning COVID-19 pandemiyaga qarshi kurash"ga oid bayonat xulosalarni, hamda, "Odam savdosi bilan bog’liq o’sib kelayotgan tendentsiyalar va COVID-19 pandemiya oqibatlarni hal qilish tavsiyalar"ni sudyalar uchun taqdim etdilar.
Buyuk Britaniya, Moldova va O'zbekistonlik yetakchi ekspertlar, sudyalar va advokatlar genderga doir zo'ravonlik va odam savdosi bilan bog’liq milliy tajriba va jabrlanganlarni himoya qilish bo'yicha amaldagi milliy mexanizmlar bilan o'rtoqlashdilar.
O'zbekiston Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabning jinoyat huquqi kafedra mudiri, doktor Surayo Rahmonova, mamlakatdagi oiladagi zo'ravonlik qurboni bo'lgan ayollarni himoya qilishning amaliy mexanizmlarini muhokama qildi.
Shuningdek, Oliy sud sudyalar va Sudyalar oliy maktab tinglovchilarga xalqaro va milliy ekspertlarning ko’magi va tavsiyalari asosida genderga oid zo'ravonlik bilan bog'liq xayoliy keyslarni tayyorlash va hal qilish vazifasi berildi.
Tadbir YXHTning “Oiladagi jinoyatni oldini olish” loyihasi doirasida tashkil etildi.