Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, EXHT/DIIHB va O'zbekiston hukumati bilan hamkorlikda, din yoki e'tiqod erkinligi bo'yicha qator tadbirlarni tashkil etdi
2020-yil 14-oktyabrda xalqaro standartlar va YXHTning insoniylik mezonlari sohasidagi majburiyatlarida belgilangan, barcha uchun din yoki e'tiqod erkinligi huquqining mohiyati, holati va qo’llash sohasiga oid ikki kunlik onlayn tadbir yakunlandi. Tadbirning ikkinchi kunida YXHT/ DIIHBning "Din yoki e'tiqod erkinligi va xavfsizlik: siyosat masalalari bo'yicha qo'llanma"si bo'yicha brifing bo'lib o'tdi. Ushbu taqdimot va brifing O'zbekiston hukumati vakillari uchun mo’ljallangan.
Taqdimot va brifing YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (EXHT/DIIHB), O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo'yicha milliy markazi bilan birgalikda tashkil etildi.
Tadbirning ochilishida, O'zbekiston Oliy Majlisi (Parlament) Qonunchilik palatasi raisining birinchi o'rinbosari va O'zbekiston Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining o'rinbosari Dilshod Eshnaev; YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor va YXHT/DIIHBning Inson huquqlari bo'yicha bo’limi rahbari Andrea Xuber ishtirok etishdi.
Tadbirda xalqaro va milliy ekspertlar qatnashib, ular xalqaro standartlarda shuningdek, YXHT majburiyatlarida belgilangan asosiy parametrlarni, din yoki e'tiqod erkinligi huquqi bilan bog'liq xalqaro standartlarni, va ushbu masala doirasidagi ruxsat etilgan cheklovlarni muhokama qildilar. Shuningdek, ular YXHT/DIIHBning "Din yoki e'tiqod erkinligi va xavfsizlik: siyosat masalalari bo'yicha qo'llanma"sining o'zbek tilidagi nushasini taqdim etib, ushbu hujjatda ko’rsatilgan to'rt asosiy mavzuni muhokama qildilar.
“O'zbekiston hukumati din yoki e'tiqod erkinligi sohasida muhim islohotlarni davom ettirar ekan, barchaning foydasi uchun, ushbu asosiy inson huquqini mustahkamlovchi siyosatni ishlab chiqishi, kerakli qonunlarni qabul qilishi va chora-tadbirlarni amalga oshirishi juda muhimdir. Shu bilan birga, bu umumiy xavfsizlik talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak», - deya ta'kidladi YXHT/DIIHBning din yoki e'tiqod erkinligi bo'yicha katta maslahatchisi vazifasini bajaruvchi Nikolay Vzhechenkovskiy.
"So'nggi ikki kun ichida bo'lib o'tgan tadbirda faol ishtirok etib, O'zbekiston Oliy Majlisi (parlamenti) a'zolari va boshqa hukumat vakillari O'zbekiston xalqining inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikni yaratishdagi o’z roliga katta qiziqish bildirdilar", - dedi YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor. «O'zbekistondagi YXHT loyihalari koordinatori va DIIHB, ahil oila bo'lib, O'zbekistondagi Inson Huquqlari Milliy Markazi va Oliy Majlis bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Shuningdek, hukumat rasmiylari va qonunchilik organlari vakillariga ekspertlar bilan din yoki e'tiqod erkinligi, shu jumladan tegishli xalqaro huquqiy majburiyatlar va YXHT majburiyatlari borasida dialog o'rnatish imkoniyatini yaratishdan mamnunmiz”.
Insoniylik mezonlari sohasidagi majburiyatlari doirasida, YXHTning O'zbekistondagi Loyihalari koordinatori din yoki e'tiqod erkinligi borasida ayniqsa faoldir. Joriy yilning sentyabr oyida Loyihalar koordinatori "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bo’yicha YXHT/DIIHB va Venetsiya komissiyasining qo'shma huquqiy xulosasini tayyorlash uchun bir qator videokonferensiyalar o’tkazilishini qo'llab-quvvatladi. Videkonferensiyalarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Din ishlari qo'mitasi, Adliya vazirligi vakillari, diniy va e’tiqodiy jamoalar vakillari, nodavlat tashkilotlari va xalqaro hamjamiyat vakillari ishtirok etdilar. Natijada, 2020-yil 12-oktyabrda bu qo'shma xulosa rasman e'lon qilindi, va u tez orada rus va o'zbek tillariga tarjima qilinadi.