YXHT tomonidan qo'llab-quvvatlangan tadbirda O'zbekistonda Milliy preventiv mexanizm tizimini takomillashtirishda parlamentning roli muhokama qilindi
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/hires/b/b/466098.png?1602063244)
2020 yil 6 oktyab kuni Milliy preventiv mexanizm doirasida qiynoqlarning oldini olish bo'yicha huquqiy bazani takomillashtirishda parlamentning roli to'g'risidagi onlayn seminar YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ko’magi bilan tashkil qilindi. Ushbu tadbir O'zbekiston tomonidan joriy yilda qabul qilingan Inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiysi ijrosi doirasining bir qismidir.
Seminar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Parlamentlararo Ittifoqi, YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) va BMTning O'zbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda o’tkazildi.
Tadbirda Senat a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, hamda xalqaro tashkilotlar va O'zbekistondagi diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
Xalqaro ekspertlar, jumladan Parlamentlararo Ittifoq vakili Ilya Novikov, Bristol universitetining Inson huquqlarini amalga oshirish markazi katta ilmiy xodimi Debra Long (Buyuk Britaniya), BMT Qiynoqqa qarshi kichik qo'mitasi raisining o'rinbosari Viktor Zahariya, BMT Qiynoqqa qarshi qo'mitasining sobiq a'zosi Georgi Tugushi va DIIHBning qiynoqlarning oldini olish bo'yicha maslahatchisi Laura Jaffri ushbu tadbirda qatnashdilar.
"Qiynoqlarning oldini olish va Milliy preventiv mexanizmlar faoliyati bilan bog'liq YXHTning bir qator majburiyatlari bor", dedi Jon MakGregor, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori. «Ushbu tadbirni O'zbekiston Milliy Inson Huquqlari Markazi tomonidan parlament a'zolarining yuqori darajadagi ishtiroki bilan tashkil etilishi qiynoqlarga qarshi kurashda O'zbekistonning qat'iy pozitsiyasining yaqqol dalilidir. Parlament a'zolari va xalqaro ekspertlar o’rtasidagi, xususan, Bristol universitetidan Debra Long bilan olib borilayotgan qiziq, chuqur va shiddatli muloqotni qayd etishdan mamnunman».