EXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori gumanitar yordam ko'rsatdi
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/hires/f/2/465885.jpg?1601980739)
2020 yil 6 oktyab kuni YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori (PCUz) pandemiya sharoitida yordam ko’rsatish doirasida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutiga ultrabinafsha (UB) nurli bakterialarga qarshi tizim uskunalarni topshirdi.
Mobil bakterialarga qarshi UB nurni impulsli tarqatuvchi ksenonli tizim uskunalari kasalxonalarda havo va sirtni zararsizlantirishga yordam beradi, shu bois tibbiy xodimlarni o'z vazifalari va majburiyatlarini bajarishda COVID-19 bilan zararlanishdan himoyalaydi. Uskunalar sog'liqni saqlash tizimida qo'llaniladi va mamlakatda COVID-19 infeksiya tarqalishining oldini olishga yordam beradi.
"COVID-19 tarqalishini oldini olish O'zbekistonda pandemiyaning salbiy iqtisodiy oqibatlari va xavfsizlikga tahdid solayotgan vaziyatlarni samaraliroq hal qilishga imkon beradi", deb tushuntirdi YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor. “COVID-19 bilan bog'liq pandemiya ko'plab avlodlar uchun jahon va mintaqaviy xavfsizlikka eng jiddiy transmilliy tahdidga aylandi. YXHTning keng qamrovli xavfsizlikga oid mandatiga binoan, PCUz ushbu transmilliy tahdidga qarshi kurashda O'zbekistonga yordam berish maqsadida mobil bakterialarga qarshi UB nurni impulsli tarqatuvchi tizim uskunalarni beg’araz topshirdi».