YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori terrorizm va zo'ravon ekstremizmga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining mohiyati yuzasidan bir qator onlayn vebinarlar o'tkazmoqda
21-22 sentyabr kunlari terrorizm va zo'ravon ekstremizmga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyatiga oid vebinar bo'lib o'tdi. Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi va Farg'ona viloyatidan 20 nafar jurnalistlar ishtirok etishdi. Tadbir YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori va O'zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligi doirasida o'tkazildi.
Bu tadbir Andijon, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari jurnalistlari uchun 2020 yil iyul oyida boshlangan vebinarlar turkumining bir qismi edi. Turkumning maqsadi mintaqaviy jurnalistlarni terrorizm tahdidlariga qarshi kurashish bo'yicha jamoatni ogoh etish, mavzularni yoritishda gender aspektlari inobatga olish va fuqarolik jamiyati guruhlari bilan hamkorlikda ishlashdir. Vebinar doirasida jurnalistik-tadqiqot ishlarini olib borish, ommaviy axborot vositalarida yangi multimedia texnologiyalaridan foydalanish va jurnalistlarning xavfsizligiga qaratilgan mavzular o’rganib chiqildi.
"YXHT terrorizmga qarshi kurash yo’lida xalqaro sa'y-harakatlarga har tomonlama ko’mak ko’rsatib, terrorizmga qarshi barcha darajalarda hamkorlikka asoslangan va muvofiqlashtirilgan yondashuvni targ’ib qilib kelmoqda, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning rivojlanishiga hissa qo’shmoqda", dedi YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori maslahatchisi Richard Uiller. "VERLT (Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizm) g'oyalari yoshlar orasida tarqalib ketishini oldini olish uchun ommaviy axborot vositalarni o’ziga xos kuchga ega".