O'zbekistonda ilk bor YXHT Modeli tashkil etildi
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/web/c/7/462598.png?1599055218)
O'zbekistonlik 25 nafar ishtirokchi 2020 yil 2-4 sentyabr kunlari bo'lib o'tgan YXHT Model anjumanida qatnashdi. Ishtirokchilar Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bitiruvchilari va talabalari edi.
O’ziga hos O'zbekistondagi birinchi onlayn tadbir, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori (PCUz) va JIDU tomonidan tashkil etildi.
Anjuman davomida ishtirokchilar YXHT tuzilmalari to'g'risidagi bilimlarini oshirish, muzokara o'tkazish va xalqaro hujjatlarni tayyorlash ko'nikmalarini rivojlantirish hamda YXHTning uchta dasturiy o'lchovi asosida O'zbekistondagi faoliyatini tushunish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Shuningdek, ular 1975 yilgi Xelsinki Yakuniy akti, Yevropada tinchlik uchun poydevor yaratgan, umumiy qadriyatlar va majburiyatlarga asoslangan o’zaro ko'p tomonlama tizim tomonidan kafolatlangan YXHTning muhim hujjati bilan tanishdilar. O'zbekistondagi YXHT Modeli Xelsinki Yakuniy aktining 45 yilligiga to'g'ri keldi.
"YXHT Modeli - bu simulyatsiya o’y’ini bo'lib, unda talabalar inqiroz sharoitida YXHTning doimiy kengash shaklini tuzishlari kerak", - deya tushuntirdi YXHTning loyihalari koordinatori Jon MakGregor. “Har bir talabaga ma’lum bir mamlakat tayinlanadi va u inqirozni hal qilish uchun o'z mamlakati nomidan muzokaralar olib boradi. Trening yakunida talabalar inqirozni hal qilish va ziddiyatning avj olishiga yo'l qo'ymaslik uchun qo'shma harakatlar rejasini tuzishlari kerak bo’ladi”. "Men doim aytaman, O'zbekistonning eng katta manbalaridan biri, bu uning ulkan bilimli yoshlar jamiyati”, deya davom etdi MakGregor.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Gulnoza Ismoilova quyidagilarni ta'kidladi: “O'zbekistondagi birinchi YXHT Modeli yoshlarga xalqaro diplomatiya qanday ishlashini anglash va YXHT faoliyati va xalqaro tashkilotlar dinamikasi bilan tanishish imkoniyatini taqdim etdi».
Ushbu tadbir YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori faoliyatining bir qismi bo'lib, u yoshlarni tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish yo’lida jalb qilishga qaratilgan.