Sardoba suv omborning to’g’oni yorilish oqibatida YXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan insonparvarlik yordami Sirdaryo viloyatiga yetkazib berildi
Joriy yilning 13 may kuni YXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan Sardoba suv omborning to’g’oni yorilish oqibatida Covid virusiga qarshi va insonparvarlik yordami Sirdaryo viloyatiga yetkazib berildi. Oy bo’shida damba o’pirilishi sababli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 70,000 dan ortiq fuqarolar o’z uylaridan evakuatsiya qilindi. Bu holatda Covid-19 virus tarqalishining oldini olish uchun masofa saqlash choralari deyarli ilojsiz bo’lib qolganligini hisobga olib transmilliy tahdidga qarshi va insonparvarlik yordam vositalarni o’z vaqtida yetkazib berish muhim edi.
Mahalliy avtotransport korxona ko’magida ajratilgan yuk mashinasida tibbiy niqoblar, sanitariya vositalari, tagliklar, paxta to’shaklari va boshqa zarur bo’lgan uy-ro’zg’or buyumlari olib kelindi va Sirdaryo viloyatiga yetib keligan YXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori vakillari tomonidan to’g’on o’pirilishi sababli aziyat chekkan fuqarolar uchun topshirildi. YXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori ushbu inqiroz davrida O’zbekistonga yordam berishga tayyorligini va bu yo’lda vakolatxona xodimlari shaxsan o’z hissalarini qo’shganligini takidladi.
“Xavfsizlik tashkiloti sifatida YXHT o'zining keng qamrovli xavfsizlik vazifasini nafaqat mojarolar yuzaga kelganda harakat qilish kerak deb biladi. Yaqinda yuz bergan suv toshqini va Covid-19 tahdidi oqibatida yuzaga kelgan ushbu og'ir paytda O'zbekistonga yordam berishni o'z burchimiz deb bilamiz" dedi loyihalar bo’yicha bosh maslahatchi Hans-Ullrich Ihm.