YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Ombudsman kotibiyati va hududiy vakolatxonalar xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarni taqdim etdi
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/hires/8/7/451498.jpg?1588681373)
5 may kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O’zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) Ulugbek Mukhammadievga shaxsiy himoya vositalarni taqdim etdi. Ushbu vositalar Ombudsman kotibiyati va hududiy vakolatxonalar xodimlari o’z vazifalarni amalga oshirish maqsadida yopiq maskanlar, shuningdek karantin joylar va jazoni ijro etish muassasalarga tashrif va monitoring qilish chog’ida Koronavirus bilan zararlanishdan himoyalanish uchun berildi.
Shaxsiy himoya vositalarni taqdim etilishi, loyihalar koordinatorning O'zbekistonda inson huquqlariga oid milliy va xalqaro standartlari Ombudsman instituti tomonidan hatto inqiroz davrida ham doimiy ravishda monitoring qilinish uchun yordam ifodasidir. Loyihalar koordinatori O'zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish yo’lida ko’mak berishga tayyor.
YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor shunday dedi: "Ombudsman instituti xalqaro miqyosda tan olingan vazifalarni O'zbekistonda Milliy preventiv mexanizmiga muvofiq ravishda bajarish vakolati Oliy Majlis tomonidan berilgan".