YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori O'zbekiston parlament videokonferensiyada YXHT majburiyatlarining ahamiyatini ta'kidlab o’tdi
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/hires/d/f/451387.png?1588593592)
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining taklifiga binoan, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor 2020 yil 30 aprel kuni O'zbekiston parlamentining videokonferensiyasida ishtirok etdi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning (ICCPR) ijrosiga oid BMTning Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasiga O'zbekistonning beshinchi davriy ma'ruzasi muhokama qilindi.
YXHTning ko'plab majburiyatlari inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ilgari surish va himoya qilishning asosiy hujjatlaridan biri bo'lgan ICCPR dan kelib chiqadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz rahbari, professor Akmal Saidov YXHT loyihalari koordinatorining inson huquqlari bo'yicha milliy shaklini rivojlantirishdagi alohida hissasini etib o’tdi. Shuningdek, u loyihalar koordinatori tomonidan insoniylik mezonlari sohasidagi YXHT majburiyatlarini bajarishda ko'rsatilayotgan yordamni ta'kidladi.
Saidov YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatorini O'zbekistonga COVID-19 bilan kurashishda yordam berayotgani uchun yuqori baho berdi. Shuningdek, u bir nechta davlat organlariga himoya vositalarini etkazib bergani va COVID-19 bilan kasallangan shaxslarga nisbatan stigma profilaktikasi to'g'risida videofilmni namoyish etish tashabbusi uchun unga minnatdorchilik bildirdi.
Elchi MakGregorning ta'kidlashicha, YXHT inson huquqlariga alohida e'tibor qaratadi. "O'zbekistonda inson huquqlari masalalariga qaratilayotgan doimiy e'tiborga biz amin bo’lyapmiz", dedi MakGregor. “2017-2021 yillarda milliy rivojlanish Harakatlar strategiyasi YXHT majburiyatlari bilan mos keladi. So'nggi uch yil ichida ushbu sohadagi vaziyat yaxshilandi, milliy qonunchilik mustahkamlandi va salmoqli ishlar qilindi”.
"Men barcha sheriklarimizni shu paytgacha erishilgan yutuqlari bilan tabriklayman va bizning mukammal aloqalarimiz va hamkorligimiz yanada davom etishga umid qilaman", dedi MakGregor.
O'zbekiston delegatsiyasidan professor Akmal Saidov, Oliy Majlis Senati a'zosi Oral Ataniyazova, Ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Aziz Toshpo'latov ishtirok etdilar. Elchi va BMTning Jenevadagi doimiy vakili Ulug'bek Lapasov va Prezident Xavfsizlik kengashi devoni bosh maslahatchisi Oqil Ubaydullaev ham qatnashdi.
Shuningdek, milliy mutahassislar, xususiy va jamoat tuzilmalari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.