COVID-19: YXHT shaxsiy himoya vositalarni O’zbekistondagi voyaga yetmaganlar tarbiya koloniyasi va ayollar koloniyasiga taqdim etdi
![](https://www.osce.org/files/imagecache/10_large_gallery/f/images/hires/8/2/450316_0.jpg?1587139252)
2020 yil 10 aprel kuni Toshkent shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O’zbekistondagi loyihalar koordinatori Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga shaxsiy himoya vositalarni (SHV) taqdim etdi.
Ushbu vositalar tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmaganlar va ayollar koloniyasida jazo muddatini o’tayotgan maxsus kontingent uchun shuningdek, ushbu muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga koronavirus infeksiyasi kirib kelishini oldini olish maqsadida yetkazilib berildi. Yordam himoya kostyumlari, yuz niqoblari, tibbiy qo’lqoplar va bog’lov materiallardan iborat. Bundan tashqari, kir yuvish, shaxsiy gigiyena va antibakterial vositalarni o’z ichiga olgan yordam qutichalari ham berildi. Bu tadbir YXHT O’zbekistondagi loyihalar koordinatorining COVID-19 ga qarshi ko’p qirrali harakatlar zaminida amalga oshirildi.
SHV taqdim etilishi, YXHT O’zbekistondagi loyihalar koordinatori O’zbekiston hukumatining pandemiyani bartaraf etish va jazoni ijro etish muassasalarida kasallik tarqalishini oldini olish yo’lidagi yo’rdamning ifodasidir.
YXHT O’zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Jon Makgregor takitlaganidek “koronavirus YXHT hududi va butun jahon miqyosida tarqalgan Transmilliy Tahdid bo’lib bugungi kungacha biz bilgan eng xavfli tahlikalardan biri. Koronavirusning ta’siri aslida umuminsoniy inqirozni vujudga keltirib YXHT ning ko’p tamonlama xavfsizlikga oid yondashuvlari bilan bog’liq. Jamiyatning zaif qatlami bo’lgan tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmaganlar va ayollar koloniyasida jazo muddatini o’tayotganlarga himoya vositalarni yetkazib berish YXHT uchun avvalam bor inson, uning salomatligi, xavfsizligi va osoyishtaligi eng yuqori o’rnida bo’lishligining namoyishidir”.