2-3 dekabr kunlari Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tadigan YXHT Vazirlar kengashining 28-yig‘ilishi uchun OAV akkreditatsiyasi ochildi.
STOKHOLM/VENA, 2021-yil 4-noyabr - Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) Vazirlar kengashining 28-yig’ilishi 2021-yil 2-3-dekabr kunlari Shvetsiyaning Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tadi.
Har yili tashkil etiladigan YXHTga aʼzo 57 davlat tashqi ishlar vazirlarining yigʻilishi, YXHTning amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Lindening taklifiga binoan boʻlib oʻtadi.
Vazirlar kengashi YXHTning markaziy qaror qabul qiluvchi va boshqaruv organi hisoblanadi. An’anaviy uchrashuv, tashqi ishlar vazirlari uchun Yevro-Atlantika va Yevroosiyo makonidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni, shuningdek, tashkilot faoliyatining barcha yo‘nalishlaridagi harakatlarni ko‘rib chiqish va baholashning qulay imkoniyatidir.
Ommaviy axborot vositalari vakillari ushbu uchrashuvni Arlanda / Stokgolmdagi Skandinaviya XPO tadbirlar va ko'rgazma markazida yoritish uchun taklif etiladi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari dastlabki akkreditatsiyadan o’tishlari zarur. Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni 2021-yil 26-noyabr, soat 18:00 gacha. Akkreditatsiya ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tgandan so’ng taqdim etiladi (Parol: reg-WRGZWB)
Iltimos, ro'yxatdan o'tish uchun talab etilgan ma'lumotlarni taqdim eting, fotosurati bo’lgan pasport sahifasi va OAV guvohnoma nusxalarni yuklang.
Belgilangan to'xtash joyidan tadbirni jonli translyatsiya qilish istagida bo'lgan OAV o’z transport vositalari (mobil sun'iy yo'ldosh antennalari / uzatgichlar) va haydovchilarni oldindan ro'yxatdan o'tkazishlari kerak.
Buning uchun OSCEMC21@gov.se elektron manziliga quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan xabarni yuboring: avtomobil turi, davlat raqami, OAV kompaniya nomi, suratga olish guruhi vakillarning to'liq ismlari.
Sun’iy yo‘ldosh o’rnatilgan transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishning oxirgi muddati – 2021-yil 26-noyabr.
Ommaviy axborot vositalari haqida batafsil ma'lumot, akkreditatsiya bo'yicha ko'rsatmalar, mehmonxonalarni bron qilish va viza olish tartib-qoidalarini ushbu havola orqali ko’rishingiz mumkin.
Koronavirus pandemiyasi davrida Shvetsiyaga tashrif haqidagi ma'lumotni quyidagi veb sahifalardan topish mumkin: Shvetsiyaga/dan sayohat | Shvetsiya politsiya boshqarmasi.
Barcha viza talablari Shvetsiyaga kelishdan oldin bajarilishi kerak. Akkreditatsiyadan o‘tgan OAV vakillariga imkon qadar tezroq mustaqil ravishda viza olish uchun murojaat qilish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi. Viza haqida ma'lumot - Government.se
Vazirlar Kengashi yigʻilishiga oid yangiliklarni Twitter @OSCE, @osce_ru, @SwedeninATOSCE va # OSCEMC2021 sahifalarida, yoki Vazirlar Kengashi yigʻilishi haqidagi ma’lumotni ushbu veb-sahifa orqali kuzating.